TOShKENT, 10-maya – Sputnik. Toshkentda ikki yuzga yaqin kishi “O‘lmas polk” tadbirida qatnashdi. Ular “Birodarlar qabri” majmuasi yo‘laklaridan urushda qurbon bo‘lgan yaqinlari fotosuratlarini ko‘tarib o‘tishdi.
9 may kuni erta tongdan, “Birodarlar qabri” majmuasiga so‘nmas olovga gullar qo‘yish va urush faxriylarini tabriklash uchun minglab odamlar kela boshladi.
300 dan ortiq toshkentlik avtomobilchilar “Unutmayman va faxrlanaman” («Pomnyu i gorjus») tadbirida qatnashishdi. Ular shahar va viloyat hududidagi urush va mehnat faxriylari manzillariga borib, ularga bayram sovg‘alari va diqqat-e’tibor ifodalashdi.
Toshkentda, 9-may munosobati bilan, musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari ishtirokida, ko‘plab tantanalar va “Urush yillari kuylari”konsert dsturlari o‘tkazildi. Kechqurun bayram tantanasi evaziga mushakbozlik bo‘ldi.
Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistondan 1,5 millionga yaqin kishi qatnashdi, ularadn 420 mingi qurbon bo‘ldi, 650 mingga yaqin kishi jarohatlandi. Undan tashqari O‘zbekiston urush yillari 1,5 million qochqinlarga boshpana berdi, 300 mingga yaqin yetim bolalarni asrab oldi.