Pentagon Rossiyaning koinotdan hujum qilishidan xavotirda

Obuna bo‘lish
Qurol-yarog‘ bo‘yicha AQSh davlat kotibi yordamchisi Frenk Rouz “Rossiya va Xitoyning sputniklarga qarshi qurol ishlab chiqarayotganidan xavotirda” ekanligini xabar bergan edi.

TOShKENT, 10-maya — Sputnik. Pentagon vakillarining fikriga ko‘ra, Rossiya va Xitoyning koinot dasturlari AQSh uchush xavf tug‘dirishi mumkin, RIA Novosti Washington Post gazetasi xabariga asosan.

Pentgon vakillari bayonotiga ko‘ra, AQSh Iroq va Afg‘onistonda terrorchilarga qarshi kurashayotgan bir vaqtda, Rossiya va Xitoy AQShga koinotda hujum qilish imkoniyatini qidirmoqda”, — deydi nashr.

Maqolada aytilishiga ko‘ra, Rossiya, Xitov va boshqa mamlakatlar AQShning koinotdagi milliy xavfsizlik infraqurilmasini ishdan chiqarishi mumkin bo‘lgan tizim ishlab chiqarmoqda. Ular, aynqsa, sputniklar taqdiridan bezovta bo‘lmoqda.

“Shuni tan olish kerak-ki, bizning barcha sa’y-harakatlarimizga qaramasdan kelajakda koinotda mojaro boshlanishi yoki yerda boshlanib keyin koinotga o‘tishi mumkin”, – deb AQSh strategik qo‘mondonligi, admiral Sesil Xeynining so‘zlarini keltiradi Washington Post.  

Oldinroq, qurol-yarog‘ bo‘yicha AQSh davlat kotibi yordamchisi  Frenk Rouz “Rossiya va Xitoyning sputniklarga qarshi qurol-yarog‘ ishlab chiqarayotganidan xavotirda” ekanligini xabar bergan edi.

Rossiya va AQSh Munosobatlari oxirgi vaqtlarda keskin yomonlashdi. Ushbu yilning 20-aprelida Brusselda Rossiya-NATO sammiti bo‘lib o‘tdi. U yerda tomonlar oldingi iliq munosobatlarga qaytish mumkin emasligini ta’kidlashdi. Moskva, esa ayni damda Rossiya va alyans kun tartibida “ijobiy masalalar yo‘qligini” ta’kidladi.

 

Yangiliklar lentasi
0