Yaponiya yadro sinovlari o‘tkazgani uchun AQShdan kompensatsiya talab qildi

Obuna bo‘lish
Bir guruh yaponiyaliklar 1954-yilda mamlakatda portlovchi uskunalarni sinovdan o‘tkazganligi uchun ilk bor AQShga da’vo kiritib, tovon puli talab qilishdi.

TOShKENT, 9-may — Sputnik, Yekaterina Plyasunkova. Bir guruh yaponiyaliklar 1954-yilda mamlakatda portlovchi uskunalarni sinovdan o‘tkazganligi uchun ilk bor AQShga da’vo kiritib, tovon puli talab qilishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Kiodo agentligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, da’vo 45 nafar kishi tomonidan Sikoku prefekturasidagi Koti tuman sudiga kiritilgan.  Da’vogarlar orasida baliqchilar oilasi vakillari ham bo‘lib, ular amerikaliklarning yadro sinovlaridan so‘ng yuzaga kelgan fojia haqida so‘z yuritishgan.
Ular tovon puli sifatida 2 mln. iyen (18,6 ming dollar) talab qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0