O‘zbekiston madhiyasi muallifi 100 yoshda

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishNotalar
Notalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘plab o‘zbek, qoraqalpoq, uyg‘urcha, qozoq, afg‘on, tojik va fors xalqi musiqalarini xor va yakkaxon ijro uchun yozib, musiqa san’atining boyishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan Mutal Burxonov hayot bo‘lganida bu yil 100 yoshni qarshi olgan bo‘lar edi.

TOShKENT, 7-maya — Sputnik. 6-may kuni butun respublika bshylab O‘zbekiston madhiyasi  musiqasi muallifi, bastakorlar maktabining asoschisi  Mutal Burxonov xotirasiga bag‘ishlangan  badiiy oqshomlar  o‘tkazildi, deya xabar bermoqda "Jahon" AA.

O‘zbekiston Davlat madhiyasi musiqasini yaratgan taniqli bastakor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi M. Burhonov «O‘zbekiston xalq artisti» unvoni, «Buyuk xizmatlari uchun»,  “Mehnat shuhrati” ordeni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Davlat mukofotlari sohibidir.

Bastakor Mutal Burxonov 1916-yilda Buxoroda tug‘ilgan. Musiqadan ilk saboqni Samarqand musiqa va xoreografiya institutida, so‘ng Moskvada taniqli musiqa allomalaridan olgan. 1949-yilda esa Moskva konservatoriyasini bitirgan.

M. Burxonov ijodiy faoliyatini 30-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, dastlab «Ey, bulbul», «Ishq o‘ti» (Mashrab), "Ishqida" (Uyg‘un), "Tabassum qilmading" (Navoiy) kabi romanlarni yozdi, 1947-yilda shoir Temur Fattoh she’ri asosida O‘zbekiston Davlat madhiyasi musiqasini yaratgan.

Bastakor 50-yillarda "Bahor qushlari" vokal poema, "Abu Ali ibn Sino" simfonik suita, yakkaxonlar, xor va simfonik orkestr uchun asarlar hamda 1968-yilda «Alisher Navoiyga qasida» (A. Oripov) kabi katta shakldagi musiqa asarini yaratgan. Uning yarim asrdan ziyod davr mobaynida turli janrlarda yaratgan qo‘shiqlari, lirik romanlari, jo‘rsiz xor uchun qayta ishlangan Sharq xalqlari kuylari, jozibali vokal simfonik asarlari, kino musiqalari zamonaviy musiqa san’atimizning "Oltin xazina"sidan o‘rin olgan.

"Abu Ali ibn Sino", "Samolyotlar qo‘nolmadi", "Maftuningman", "Orol baliqchilari" (I. Ikromov, M. Leviyevlar bilan hamkorlikda), "Surayyo", "Boy ila xizmatchi", "Istiqbol yo‘li" kabi badiiy filmlarning musiqalarini yaratgan.

Ko‘plab o‘zbek, qoraqalpoq, uyg‘urcha, qozoq, afg‘on, tojik va fors xalqi musiqalarini xor va yakkaxon ijro uchun yozib, musiqa san’atining boyishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan Mutal Burxonov hayot bo‘lganida bu yil 100 yoshni qarshi olgan bo‘lar edi.
Bastakor 2002-yil olamdan ko‘z yumgan.

Yangiliklar lentasi
0