TOShKENT, 7-may — Sputnik. Yangi merning ism-sharifi London ratushasida shanba kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan maxsus tadbir davomida e’lon qilindi, RIA Novosti xabari asosida.
Kelib chiqishi pokistonlik bo‘lgan britaniyalik 46 yashar Sodiq Xon Londonning janubidagi qashshoq tumanda avtobus haydovchisi oilasida dunyoga kelgan. U o‘tgan asrning 60-yillarida Britaniyaga muhojir sifatida kelgan pokistonlik oilaning 8 farzandidan beshinchisi.
Congratulations @SadiqKhan. Can't wait to work with you to create a London that is fair for all! #YesWeKhan pic.twitter.com/FqRjfY1xNT
— Jeremy Corbyn MP (@jeremycorbyn) 6 maya 2016 g.
Sodiq Xon – huquqshunos, inson huquqlari kurashchisi. 2008-yildan 2009-yilgacha u mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish masalalari bo‘yicha vazir bo‘lib ishlagan, keyinroq, 2009-yildan 2010-yilgacha Buyuk Britaniya transport vaziri lavozimini egallagan.
2013-2015 yillarda Xon Buyuk Britaniyadagi musulmonlar orasida "yil siyosatchisi" degan nomga sazovor bo‘lgan.
Uning saylovoldi dasturidagi asosiy jihatlar aholi uchun turar joy binolari qurish, ijtimoiy sohada islohotlar o‘tkazish, transport sohasidagi narxlarning oshishini cheklash, shuningdek Hitrou aeroportining kengaytirilishini to‘xtatish edi.
Uning rafiqasi Sadiya Ahmad ham huquqshunos. Juftlik ikki nafar qizni tarbiyalamoqda.
Merning sevimli sport turi: futbol, kriket va boks.Xonning o‘zi yaxshi boks tushadi.
Sodiq Xonning saylovdagi asosiy raqibi konservatorlar vakili Zak Goldsmit bo‘lib, u saylovning dastlabki natijalariga ko‘ra (98,7% ovoz hisoblanganda), 44% to‘plagan Xondan 9%ga kamroq ovoz olgan. Goldsmit hozirgi mer Boris Jonsonning tarafdori hisoblanadi. Jonson 2008-yilning may oyidan buyon shahar meri sifatida faoliyat ko‘rsatdi.