TOShKENT, 7-may — Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK aviakompaniyasi 14-iyundan Voronejga yangi muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi, deb xabar berdi shanba kuni aviakompaniya matbuot-xizmati.
“Qatnovlar haftasiga bir marta seshanba kunlari zamonaviy A-320 samolyotlarida bajariladi”, — deyilgan xabar matnida.
Bundan sal oldin qatnovlar mart oyi oxiridan boshlanishi haqida xabar qilingan edi.
Sobiq Ittiffoq davrida Voronej aeroportidan Toshkentga haftasiga uch marta aviareyslar qatnovi amalga oshirilgan. Rossiya bo‘yicha eng yirik o‘zbek diasporasi aynan Voronej viloyatida joylashgan.