Isroillik Xudoni sudga berdi

Obuna bo‘lish
Ariza beruvchi o‘zining g‘alati da’vosini Yaratgan so‘nggi uch yil davomida unga nihoyatda shafqatsiz bo‘lgani bilan izohladi. Sud kengashi dalolatnomasila “javobgar sudga kelmadi”, deya ko‘rsatilgan.

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Isroilning Hayfa shahridan bo‘lgan bir erkak Xudoni sudga berdi. O‘z arizasida erkak Yaratgan unga “o‘ta adolatsiz” bo‘lganligidan arz qilgan. Bu haqda The Times of Israel nashriga asoslangan holda, Sputnik Qirg‘iziston xabar qilgan.

Sud kengashi dalolatnomasida “Xudo sud majlisiga kelmadi”, deya ko‘rsatildi. Shuningdek, sud kengashida, Xudo rostdan ham sudga kelmadimi, yoki sukut saqlash huquqidan foydalanishni afzal bildimi, aniqlik kiritishga qiynalishdi.

Da’vogar Yaratgan so‘nggi uch yil mobaynida unga nihoyatda shafqatsiz bo‘lganini aytgan, ammo boshiga tushgan musibat nimalardan iboratligiga aniqlik kiritmagan.
Sudya arizachining da’vosini maynavozchilikdan boshqa narsa emas, deb topdi va isroillikka “boshqa joydan yordam olishni” maslahat berdi.

Yangiliklar lentasi
0