GM Uzbekistan korxonasida tekshiruv o‘tkazilmoqda

© Gazeta.uzGM Uzbekistan avtozavodida
GM Uzbekistan avtozavodida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtokonsern tekshiruvi bir oy davom etadi. Tekshiruvga kompaniya ichida aniqlangan firibgarlik ishlari sabab bo‘ldi. Shu bois kompaniya bosh direktori Toxirjon Jalilov hibsga olindi.

TOShKENT, 6-maya — Sputnik. O‘zbekiston Huquqni saqlash  va Soliq organlari O‘zbekiston AQSh qo‘shma korxnasi GM Uzbekistan ustidan tekshiruvni boshladi, RIA Novosti xabariga asosan.  

“Tekshiruv avtomobillarni noqonuniy eksport qilish va valyuta qonunchiligini buzish tufayli boshlandi”, — dedi axborot agentligi bilan suhbatda bo‘lgan kishi. Tekshiruvning dastlabki muddati — bir oy, kerak bo‘lsa yana uzaytirilishi mumkin.

 

Ushbu haftada bir necha OAVlar GM Uzbekistan bosh direktori va "O‘zavtosanoat" AJ raisi o‘rinbosari Toxirjon Djalilov hibsga olinganini xabar bergan edi. Hozircha ushbu vaziyat yuzasidan O‘zbekiston  huquqni saqlash organlari va GM Uzbekistan va "O‘zavtosanoat" AJ xodimlari tomonidan vaziyatga rasmiy izoh berilgani yo‘q.

GM Uzbekistan - qo‘shma korxonasi 2008-yilda AQShning General Motors (25 %) va O‘zbekistonning  "O‘zavtopsanoat" AJ (75%) tomonidan “O‘zDeuAvto” YoAJ o‘rnida tashkil qilingan edi. Kompaniya quvvati yiliga 250 ming avtomobilni tashkil qiladi.

Bugungi kunda korxona Nexia, Cobalt, Lacetti, Gentra i Malibu, Matiz, Spark, Captiva, miniven Orlando, mikroavtobus Damas va uning yuk tashishga moslashgan ko‘rinishi Labo  kabi avtomobillar ishlab chiqaradi.

Eksport qilinadigan avtomobillar Ravon brendi ostida sotiladi. Bular asoan Nexia, Cobalt, Matiz  va Spark avtomobillaridan iborat.

 

Yangiliklar lentasi
0