Jamiyat

Oʻzbekistonda oʻzini oʻzi boshqarish organlariga saylovlar boshlandi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Saylovlar may - iyun oylarida boʻlib oʻtadi. Saylov davomida 10 mingga yaqin mahalliy oʻzini oʻzi boshqaruv qoʻmitalari raislari va ularning yordamchilari saylanadi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari saylovlari har 2,5 yilda boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Oʻzbekistonda mahalliy oʻzini oʻzi boshqaruv qoʻmitalari rahabarlarini saylash boʻyicha ikki oylik marafon boshlandi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Bugungi kunda butun respublika boʻylab 9764 mahalla qoʻmitalari faoliyat yuritmoqda. Ushbu saylovda qoʻmita raislari va ularning maslahatchilari saylanadi.

“Saylovlar demokratik va ochiq tarzda boʻlib oʻtmoqda. Fuqarolar raislar saylovi qay tarzda boʻlib oʻtishini mustaqil hal qilishadi. Ovoz berish ochiq yoki yashirin tarzda boʻlib oʻtishi mumkin. U yoki bu qaror ovozlar soniga qarab qabul qilinadi. Saylanayotgan har bir nomzod, mahalla aʼzolari oldida nutq soʻzlab oʻzining rejalarini va amaliyot dasturi haqida aytib berishi kerak”, — deydi jurnalistlarga Kengash Senati komissiyasi ishchi guruhi rahbari Tolibjon Madumarov.  

Bu yilga saylovlar may-iyun oylarida boʻlib oʻtadi. Nomzodar saylashda maxsus namunaga koʻra tayorlangan byulletenlardan foydalaniladi.

Oʻzbekistonning barcha shahar va qishloqlarida oʻzini oʻzi boshqarish organlari tashkil qilingan.  Mahalla – oʻzini oʻzi boshqarish tizimining muhim ijtimoiy organiga aylandi. Odatda mahalla bir qishloq yoki bir mavze (shaharlarda) doirasida tashkil qilinadi. Mahallaning asosiy aholisi —  uzoq vaqtdan beri bir hududda yashaydigan  va bir-birni yaxshi taniydigan fuqarolardan iborat boʻladi. Qoʻmita raisi esa – odatda, barchaning hurmatiga sazovor boʻlgan, mahallada koʻpchillik yaxshi taniydigan fuqaro boʻladi. Oʻtgan yillar davomida Mahalla – barcha sohalarda, oʻzini samarali boshqaruv organi sifatida namoyish qildi.

Yangiliklar lentasi
0