TOShKENT, 4-may — Sputnik. Rossiya AQShning yangi prezidenti boshqalariga nisbatan, ancha mulohazakor bo‘lishiga umid qiladi. Ishonamizki, u bilan kelishish imkoni bo‘ladi, deb ta’kidladi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov RIA Novostiga bergan intervyusida.
Lavrovning so‘zlariga qaraganda, amerikaliklar kimni saylashlaridan qat’iy nazar, “u Qo‘shma Shtatlardagi Rossiya hamkori bo‘ladi".
"Umid qilamizki, hamkorimiz kelishsa bo‘ladigan, mulohazali bo‘ladi. Yangi prezident, Rossiyasiz yechimi topilmaydigan ko‘plab xalqaro muammolar yuzasidan biz bilan hamkorlik qilishga intilib, shu bilan birga bizni eng asosiy xatar sifatida ko‘rsatishga harakat qilmaydi, deb umid qilamiz. Ishonamizki, u xalqaro moliyaviy, valyuta tizimlarida bizning ishtirokimizga to‘sqinlik yaratmaydi, va boshqa davlatlarni AQSh ketidan "Rossiyaga qarshi siyosatga" ergashishga da’vat qilmaydi. Bu kabi mantiqsizliklarga yo‘l qo‘yilmaydi, degan umiddaman, Amerika xalqi tanlovini esa, hurmat ila qarshi olamiz”, — deb ta’kidladi Lavrov.
Eslatib o‘tamiz, AQShda bo‘lib o‘tayotgan prezident saylovlari poygasida respublikachilardan – milliarder Donald Tramp, demokratlardan esa — Xillari Klinton yetakchilik qilmoqda.