Lavrov: Rossiya HKK Suriyada mavjud ekan, Turkiya u yerda urush boshlashga botinolmaydi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishSuriyada Rossiya tomonidan amalga oshirilgan aviazarbalar
Suriyada Rossiya tomonidan amalga oshirilgan aviazarbalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyada Rossiya Harbiy-kosmik kuchlari mavjud ekan, xavfli o‘yin boshlashga jazm qiladiganlar topilishiga shubham bor, deb ta’kidladi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov.

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Rossiya Havo-kosmik kuchlari Suriyada mavjud ekan, u yerda kimdir urush boshlashga botina olishiga Moskva shubha bilan qaraydi, deb ta’kidladi Rossiya TiV rahbari Sergey Lavrov RIA Novostiga bergan intervyusida.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov: Turkiya AQShga ittifoqdosh bo‘lganiday, Asad Rossiyaga ittifoqdosh emas

"Suriyada Rossiya Havo-kosmik kuchlari bor ekan, kimdir xavfli o‘yin boshlashga, provokatsiya uyushtirishga jazm qila oladi, deb o‘ylamayman”, — dedi Lavrov jurnalistlarning "Suriya shimolida Turkiya yoki Saudiya Arabistoni yer ustida operatsiya amalga oshirishi xavfi mavjud emasmi", degan savoliga javob qaytarar ekan.
2015-yil 30-sentabrdan boshlab, Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asad talabiga binoan, SARda terrorchilar obyektlari bo‘ylab aviazarbalarni amalga oshirishni boshlagan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin joriy yilning mart oyida Harbiy-kosmik kuchlarning asosiy qismini Suriyadan olib chiqish haqida qaror qabul qildi. Bu qaror, Suriya bo‘yicha Rossiya o‘z oldiga qo‘ygan masalalar muvaffaqiyatli yechim topgani bilan izohlandi.

Yangiliklar lentasi
0