TOShKENT, 4-may — Sputnik. Insoniyat velosiped ixtiro qilishdan charchamaydi. Buning natijasida velosipedlarning ko‘plab turlari paydo bo‘ladi. Bugungi maqolamizda Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan eng eng eng velosipedlar bilan tanishing.
Yaqinda Ginnesning rekordlar kitobiga og‘irligi salkam bir tonna bo‘lgan velosiped kiritildi. Undan oldin esa og‘irligi 3 kilodan kam bo‘lgan — eng yengil velosiped qayd etilgan edi.
Ishlab chiqaruvchlar velosipedlarni imkon qadar yengillashtirishga harakat qilayotgan bir vaqtda, Belgiyalik Jeff Piters ismli yigit, buning aksini qilib, dunyodagi eng og‘ir velosipedni yasadi.
Bunday qilishdan maqsad – Ginnesning rekordlar kitobiga kirish bo‘lgan ekan. Rekord natija qayd qilinishi uchun u ushbu velosipedda 100 metrdan kam bo‘lmagan masofani bosib o‘tishi kerak bo‘lgan. Quyidagi videoda ko‘rsatilganidek u bu ishning uddasidan chiqqan.
Ulkan velosipedning balandligi 2,26 metrni, uzunligi esa 5,03 metrni tashkil qildi. Og‘irligi esa 860 kilogrammni tashkil qildi. Bu Matiz avtomobilidan salkam 100 kilogramga og‘ir! Eslatib o‘tamiz, texnik pasprtiga ko‘ra, Matiz avtomobilining og‘irligi 770 kilogrammni tashkil qiladi.
Ushbu velosipedga traktor g‘ildiraklari o‘rnatilgan bo‘lib u boshqa velosipedlar kabi oddiy pedal va zanjir yordamida harakatga keltiriladi. Bunday og‘ir velosipedni harakatga keltirish uchun ixtirochi ikki velosiped zanjiri va uzatma mexanizmidan foydalangan.
Shu o‘rinda eng yengil velosiped haqida ham aytib o‘tish joiz. Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan eng yengil velovsiped AQShda yaratildi. 90% ga karbondan yasalgan velosipedning og‘irligi bor-yo‘g‘i 2,7 kgni tashkil qildi.
Aytib o‘tish kerakki AQShlik mutaxassislar olding Germianiyalik Gunter May ismli usta yaratgan veloispedni olib uni yanada yengillashtirishgan. Ushbu velosipedning narxi 40 ming $ atrofida.
Dunyoda eng arzon velosipedning tarixi ham juda qiziq. Isroillik velosiped muxlisi Isgak Gafni oddiy kartondan velosiped yasadi. Bir necha qatlamdan iborat karton qog‘oz bir biriga yelimlanganda va kraska bilan qoplanganda – yog‘ochdan mustahkam bo‘lar ekan. Alfa Bike deb nomlangan ushbu velosiped 135 kg vaznga ega bo‘lgan kishini ko‘tarishi va har qanday ob-havo sharoitida ishlatilishi mumkin ekan.
Alfa Bikening tannarxi 10 $ ni tashkil qilar ekan. Uning sotuv narxi 20 dollardan qimmat bo‘lmaydi deb ta’kidlamoqda Isgak Gafni.
Yana bir qiziq velosiped bu bu PG-Bikes kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Black Trial dir. Bu juda g‘ayrioddiy velosiped bo‘lib u eng innovatsion, eng tez va eng qimmat velosiped nomminini olgan.
Black Trial tezligi 100 km/soatigacha yetishi mumkin, uning og‘irligi esa 18 kg ni tashkil qiladi. Velosiped ishlab chiqarishda kosmik kemalarda qo‘llaniladigan alyumin, karbon, magniy va titan kabi materiallardan foydalanildi.
Velosiped cheklangan miqdorda, faqat 667 dona ishlab chiqariladi. Black Trialning birinchi nusxasi 120 ming dollar evaziga sotildi. Uning eng oddiy modifikatsiyasi narxi 80 ming $ tashkil qiladi.