TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2016-yil birinchi kvartali holati bo‘yicha yakunlarni e’lon qildi. Bu haqda vazirlik ma’lumotiga tayanib Jahon AA xabar bergan.
Hujjatga ko‘ra, mas’ul organlarga ariza bilan murojaat etilgandan keyin 680 tadbirkorni tekshirish ishlari to‘xtatilgan.
Hisobot bo‘yicha, davlat organlarining 614ta noqonuniy qarorlari bekor qilingan, 20 million so‘mdan ortiq miqdordagi sud da’volari qondirilgan.
Shu tariqa, 2016-yil yanvardan martgacha O‘zbekistonda tadbirkorlarni noqonuniy tekshirish o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 91%ga kamaygan.