TOShKENT, 3-maya — Sputnik, Mixail Alayeddin. Suriya qurolli kuchlari va ko‘ngillilar “Jabhat an-Nusra”ning Aleppoga hujumini qaytarmoqda, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Xabarga ko‘ra, terrorchilar va ularning ittifoqchilari Aleppo shahriga ilmiy shaharcha tomonidan hujum boshlagan. Suriya qurolli kuchlariga mamalkat harbiy havo kuchlari yordam bermoqda.
Hujum oldidan jangarilar shaharning aholi yashaydigan qismini raketalar yordamida o‘qqa tutishdi. Bir necha snaradlar Dabbit kasalxonasiga kelib tushdi. 20 kishi qurbon bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz suriyada “tinchlik rejimi” 27-fevraldan beri amal qilmoqda. Ushbu rejim “Islom davlati” va “Jabhat an-Nusra” va BMT tomonidan terrorchi deb topilgan boshqa jangari guruhlariga taaluqli emas.