Rossiya va O‘zbekiston sudlangan shaxslar bilan almashish haqida shartnoma tuzadi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSledstvenniy izolyator
Sledstvenniy izolyator - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Rossiya Adliya vazirligiga bu haqda farmoyish berdi.

TOShKENT, 3-maya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Adliya vazirligiga hukumat taklifini qabul qilib, O‘zbekiston bilan sudlangan shaxslar bilan almashish haqida shartnoma tuzishga farmoyish berdi. Bu haqida Rossiya rasmiy huquqiy portalida e’lon qilingan.

“Adliya vazirligiga, mazkur shartnoma loyihasiga hukumat tomonidan taklif qilingan, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmagan o‘zgarishlarni kiritish va O‘zbekiston tomoni bilan kelishuvga erishilgach, Rossiya nomidan uni imzolash topshirilsin”, — deyilgan hujjat matnida.

Bu kabi shartnomalar bir mamlakat fuqarosi boshqa mamlakatda jinoyat sodir qilib, o‘sha mamalkat sudi tomonidan qamoq jazosi bergilangandan hollarda kuchga kiradi. Mamlakatlar kelishuviga asosan, jazolangan shaxs qamoq jazosini o‘z vatanida o‘tashi mumkin. Undan tashqari, jazolangan shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari iltimosiga binoan, jazoni o‘tash uchun u o‘z vataniga qaytarilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0