Fransiyalik jurnalist jangarilar lagerida yashab film suratga oldi

Obuna bo‘lish
Said Ramzi taxallusi ostida fransiyalik jurnalist uch oy davomida bo‘lg‘usi jihodchilar lagerida yashab ularni yashirin suratga oldi. “Olloh askarlari” nomli ushbu hujjatli film bugun Fransiya telekanallarida namoyish etiladi.

TOShKENT, 2-maya — Sputnik. Fransiyalik jurnalist uch oy davomida bo‘lajak jihodchilar lagerida yashadi va ularni yashirin suratga oldi. Parijga qaytgach, jurnalist o‘z kuzatuvlari asosida “Olloh askarlari” nomli hujjatli film suratga oldi, RIA Novosti Frans Press xabari asosida.

Ushbu film bugun Fransiya telekanallarida namoyish etiladi.  Film muallifi “Olloh askarlari” filmida — yosh jihodchilar kim, degan savolga javob qidirgan.

“Mening maqsadim, ularning boshida nimalar sodir bo‘layotganini tushunish edi”, — deydi Said Ramzi Frans Pressga.

“Men chiqargan asosiy xulosalardan biri, bu — ularning hatti-harakatida islom diniga bog‘liq hech narsaning yo‘qligi bo‘ldi. Ularda dunyoni yaxshilashga qaratilgan intilish ham yuq. Men faqat o‘zini yo‘qotgan, yo‘lidan adashgan, o‘z joniga qasd qilshga moyil va boshqalarga osongina bo‘ysunadigan yoshlarni ko‘rdim”,  - deydi Ramzi.

Jurnalistning so‘zlariga qaraganda radikallar bilan aloqaga kirish juda oson bo‘lgan — ijtimoiy tarmoqlar orqali. Shundan keyin u doimo jangarilar lagerida bo‘lgan. Bir kuni unga bir ayol xat beradi. Xatda, qanday qilib tungi klub kirish va u yerda terakt tashkil qilishga oid yo‘riqnomalar bo‘lgan. Lekin terakt amalga oshirilishidan oldin, guruh qo‘lga olinib ularning rejalari barbod bo‘ldi.

 

Yangiliklar lentasi
0