TOShKENT, 2-may – Sputnik. Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani majburiy tarzda tark etgan xorijliklarga, Rossiyada yashash guvohnomasi (Vid na jitelstvo) olish tartibini osonlashtirish haqidagi qonunni imzoladi.
Yangi qonunga ko‘ra, Rossiyaga favqulodda ommaviy ravishda kirib kelgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslar, Rossiya hududida “qochqinlik” va “vaqtinchalik boshpana” maqomiga ega bo‘lgan shaxslar hamda “vatandoshlar” dasturi qantashchilari va ularning oila a’zolari soddalashtirilgan tartibda yashash guvohnomasi olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ushbu qonun Rossiyaning huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy portali — Pravo.gov.ru da nashr etildi va chop etilgan kundan boshlab 90 kundan keyin kuchga kiradi.