Shimoliy Koreyada vaqtincha to‘y va ta’ziyalar ta’qiqlandi

© REUTERS / KCNAKXDR rahbari Kim Chen In harbiy poligonda
KXDR rahbari Kim Chen In harbiy poligonda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ronxap agentligi fikriga ko‘ra, kutilayotgan partiya yig‘ini mamlakat rahbari Kim Chen Inning hukumatini kuchaytirishi kerak.

TOShKENT, 2 may — Sputnik. Shimoliy Koreyada mamlakatda asosiy bo‘lgan Mehnat partiyasi yig‘ini oldidan, xavfsizlik maqsadida to‘y va ta’ziyalar ta’qiqlandi, deb xabar bermoqda Ronxap axborot agentligi.

Janubiy Koreya axborort agentligi vakilining xabariga ko‘ra, ushbu kunlarda KXDRda alohida kuzatuv tartibi o‘rnatilgan, mamlakat poytaxtiga kirish cheklangan, Xitoy bilan chegara hududda kuzatuv kuchaytirilgan. Odamlar bir joyga jamlanishini oldini olish maqsadida, to‘y va ta’ziya kabi ommaviy tadbirlardan voz kechish tavsiya qilingan.

Ronxap agentligi fikriga ko‘ra, kutilayotgan partiya yig‘ini mamlakat rahbari Kim Chen Inning hukumatini kuchaytirishi kerak. Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreyaning hozirgi rahbari hukumat boshini 2011-yilda, o‘z otasini Kim Ir Senning o‘limidan keyin, kelgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0