Erondan O‘zbekistonga qoradori olib keluvchi jinoiy guruh ushlandi

Obuna bo‘lish
Jinoiy guruh O‘zbekistonning bir necha hududlarida yirik narkotarmoq tashkil qilishni rejalashtirgan. Guruh a’zolariga 3-yildan 14-yilgacha jazo berildi.

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Samarqand viloyatining Juma shahri sudi Erondan narkotik moddalar olib kelishni yo‘lga qo‘ygan jinoiy guruh a’zolarini 3-yildan 14-yilgacha ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar berdi sud xodimi.

Ushbu ish Pastdarg‘om tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan. Jinoiy guruh a’zolari Samarqand viloyati Urgut tumanida yashaydiganlar bo‘lib chiqqan, dedi sud vakili.

“Guruh a’zolari Eron fuqarolaridan qoradorini katta miqdorda sotib olib, temiryo‘l orqali yo‘lovchi vagonning xonalarida yashirib va avtotransport yordamida olib kelgan”, — dedi sud xodimi.

Tergov natijasida aniqlanishiga ko‘ra, guruh O‘zbekiston hududida yirik narkotiklar sotish tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish maqsadida harakat qilgan. Shundan keyin uning hatti-harakati ortidan kuzatuv ostiga olingan. Natijada jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingan.

“Guruh a’zolarining uylari tintuvdan o‘tkazilganda, 20 kilogrammga yaqin qoradori va katta miqdorda pul topilgan”, — dedi sud vakili.  

O‘zbekiston hududi orqali Afg‘onistondan narkotik moddalarning “shimoliy yo‘nalishi” o‘tadi. Narkotiklar ushbu yo‘nalish orqali Rossiya va Yevropaga yetkizib beriladi. Yetkizib berilayotgan narkotiklar hajmi yiliga 100 tonnadan ziyod.

 

Yangiliklar lentasi
0