Turkmaniston dunyoda birinchi tamakisiz mamlakatga aylanishi mumkin

Obuna bo‘lish
Turmaniston va Rossiya hukumati chekishga qarshi konvensiya talablarini bosqichma-bosqich amalga oshirib, chekuvchilar bilan emas, odamlar sog‘lig‘ini va davlat mablag‘ini o‘marayotgan sanoat bilan kurashmoqda, dedi ekspert.

TOShKENT, 29 apr —Sputnik. Turkmaniston hududidi tamaki mahsulotlari umuman sotilmaydigan dunyoda birinchi mamalkatga aylanishi mumkin, dedi Umumjahon Sog‘liqni saqlash tashkilotning Yevropa bo‘limi eksperti Dmitriy Yanin.

Yanin Ashxobodda bo‘lib o‘tayotgan tamaki mahsulotlariga qarshi Umumjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti majlisida, Turmaniston tamaki mahsulotlari iste’molini cheklashga qaratilgan barcha ishlarni amalga oshirganini qayd qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda, Turkmaniston bugungi kunda tamaki mahsulotlarini ochiq sotish ta’qiqlangan dunyoning 20 mamalkati qatoridan joy olgan. Bolalar tamaki mahsulotlarini non va sut kabi boshqa oziq-ovqatlar bilan yonma-yon ko‘rmasligi kerak. Tamaki mahsulotlarining narxi ham baland bo‘lishi kerak, chunki rak kasaliga olib kelishi mumkin bo‘lgan mahsulot yoshlar sotib oladigan darajada arzon bo‘lmasligi kerak.

Undan tashqari Turkmanistonda dunyoning egn kam chekadigan mamlakatlaridan biridir. Aholining —8,3 % tamaki mahsulotlari sotib oladi. 2025-yilga kelib mamlakat tamakidan butunlay voz kechishi mumkin.

“Qolgan o‘n yil davomida, chekishdan voz kechishga yordam berish xizmati tashkil qilish orqali, tamaki iste’molini 5% darajasiga tushirib, sigaretlarni sotuvdan butunlay chiqarish mumkin. Turkmaniston bu ishni amalga oshirga dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ladi”, — dedi ekspert.

Yaninning so‘zlariga qaraganda, tamakiga qarshi konvensiyani nafaqat imzolash, balkim uni boqichma-bosqich amalga  oshirish ham kerak. Yevropada 52 mamlakatdan 50tasi ushbu konvensiyani imzolaganiga qaramasdan, uni amalda tadbiq qilayotganlar juda kam.   

“Turmaniston va Rossiyadan boshqa mamalkatlar ushbu konvensiya talablarini bosqichma-bosqich amaloshirmayapti. Eslatib o‘taman, biz chekuvchilar bilan emas, biz odamlar sog‘lig‘ini va davlat mablag‘ini o‘marayotgan ushbu sanoat bilan kurashmoqdamiz”, — deb xulosa qildi ekspert.

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishDamask, kalyannaya
Damask, kalyannaya - Sputnik O‘zbekiston
Damask, kalyannaya

 

Yangiliklar lentasi
0