Chet el fuqarolarini O‘zbekistondan deport qilishga asos bo‘ladigan holatlar belgilandi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSudya bolg‘achasi
Sudya bolg‘achasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonunga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, chet el fuqarolarini O‘zbekistondan chiqarib yuborish tartibiga aniqlik kiritilgan.

TOShKENT, 29 apr – Sputnik. Chet el fuqarolari yoki fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxslar, saylov qonunlarini buzgan hollarda, ta’qiqlangan ekstremistik adabiyotlarni olib kelgan va tarqatgan holllarda O‘zbekiston hududidan chiqarib yuborilishi mumkin. Qonunga ushbu o‘zgarishlar kiritilib mahalliy OAVlarda payshanba kuni e’lon qilindi.

Ushbu o‘zgarishlar Mart oxirida Oliy majlis tomonidan taklif qilinib Senat tomonidan tasdiqlangan va Ma’muriy huquq kodeksiga kiritilgan edi. O‘zgarishlar OAVda chop etilgan kunidan boshlab kuchga kirdi.

Chet el fuqarolari va fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxslar Markaziy Saylov qo‘mitasi faoliyatiga aralashganda, saylov komissiyalari faoliyatiga aralashganda, referendum o‘tkazish komissiya faoliyatiga aralashganda, saylovni yoki referendumni moliyalash tartibini buzganda Respublika hududidan chiqarib yuboriladi. Oldin ushbu qoidabuzarliklar uchun jazo qonunda ko‘rsatilmagan edi.

Shu qatorda mitinglar, yig‘ilishlar, namoyishlar tashkil qilish va o‘tkazish tartibi buzilganda, milliy, irqiy, etnik yoki diniy qarama-qarshilikni targ‘ib qilgan hollarida, pornografiya, narkotik moddalar, psixotrop moddalar va qalbaki dorilar tayorlagan va tarqatgan hollarda chet el fuqarolari O‘zbekiston hududidan chiqarib yuboriladi.

Ma’muriy kodeksga ko‘ra, ushbu ayblovlar qo‘yilgan chet el fuqarolari nazorat ostida Respublika hududini tark etadi va ularga bir yildan uch yilgacha O‘zbekistonga kirish ta’qiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0