TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Farg‘ona viloyati IIB xodimlari tomonidan Buvayda tumanidagi savdo shaxobchalaridan biridan yonilg‘i-moylash maxsulotlarini xarid qilib, 100 dona qalbaki 5000 so‘mlik kupuradagi pullarni bergan noma’lum shaxslar aniqlanib ushlandi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
Ular Uchko‘prik tumanida yashovchi 27 yoshli va 24 yoshli fuqarolar ekanligi aniqlandi.
Yuqoridagi holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.