Odessaga “Azov” batalonining 300 jangchisi yetib keldi

© Sputnik / Aleksandr Polishuk / Mediabankka o‘tishOdessadagi tartibsizliklar
Odessadagi tartibsizliklar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV xabariga ko‘ra, namoyishchilar tajovuzkorona harakat qiladigan bo‘lsa - huquqni saqlash organlari vakillariga qurol ishlatish huquqi berilgan.

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Odessaga Mariupoldan “Azov” bataloni jangarilari yetib keldi, deb xabar berdi Mixail Saakashvili o‘zining Facebookdagi sahifasida.

"Ukrainskaya pravda" nashri oldinroq milliy gvardiyachilar Odessaga yig‘ilib kela boshlaganini xabr bergandi. Ularda yengil zirhlangan mashinalar borligi ham xabar qilingan edi. Jangchilar “Azov” bataloni a’zolari ekanligi ta’kidlanmoqda.

“300 kishi allaqachon yetib keldi, yaqin orada qolganlarni kutayapmiz”, — deb vaziyatga izoh berdi Odessa gubernatori Saakashvili.

Ukraina IIV xabar berishiga ko‘ra, huquqni saqlash organlari vakillari namoyishchilarning tajovuzkorona harakati vaqtida qurol ishlatish huquqiga ega. Vazir maslahatchisi Zoran Shkirakning so‘zlariga qaraganda, bo‘linmalar to‘liq  janggovor tayorgarlik holatiga keltirilgan.

“Azov” polki jangchilarining aytishiga qaraganda polk Odessaga o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun kelgan. Shu bilan bir vaqtda polk vakili har qandar murakkab buyruqni bajarishga tayor ekanligini xabar qilmoqda.  

Biroz oldin Saakashvili, Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Odessaga qo‘shimcha mingga yaqin politsiya xodimlarini kiritish haqida bo‘yruq berganini ta’kidlab o‘tgan edi. Keyinroq esa, Zoran Shkirak ushbu gaplarni bekor deb, “vahimani bas qilishga” chaqirgan edi.

Odessada vaziyat 2014-yilning 2-mayida bo‘lib o‘tgan fojeaning ikki yilligi arafasida, murakkablashdi. O‘shanda, yangi hukumatga qarshi bo‘lgan namoyishchilar Kulikovo maydonida chodirlar tikib uzoq vaqt namoish o‘tkazishga kirishishdi. Keyinroq tinch namoyish janjalga aylanib ketdi. Hukumatga qarshi namoyishchilarning bir qismi Profsoyuzlar uyida yashirinishdi. Radikal millatchilar binoni o‘rab olib uni yoqib yuborishdi. Oqibatda 48 kishi qurbon bo‘ldi va 250 kishi jarohatlandi. Ushbu  ish yuzasida Ukrainada hali ham sud bo‘lgani yuq. 

© Sputnik / Aleksandr Polishuk / Mediabankka o‘tishBesporadki v Odesse
Besporadki v Odesse - Sputnik O‘zbekiston
Besporadki v Odesse

 

 

Yangiliklar lentasi
0