TOShKENT, 28 apr — Sputnik. 2016-yil 1-maydan boshlab Samarqand shahrida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transporti – avtobuslarda yo‘lovchilar tomonidan yo‘l kira haqini to‘lashda, plastik kartochkalar orqali sotib olinadigan jetonlar vositasida tashkil etiladi, deb xabar qilmoqda "Samarkandskiy vestnik" nashri.
Samarqand viloyat hokimi bu haqdagi qarorni 20-aprel kuni imzoladi.
"2016 yil 1-maydan boshlab, Samarqand shahrida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transportida yurish yo‘lkira haqi plastik kartochkalar orqali sotib olinadigan maxsus jetonlar vositasida tashkil etiladi", — deyilgan Qaror matnida.
Jetonlar sotilishini amalga oshirish uchun shahar hududi bo‘ylab maxsus shoxobchalarni tashkil etish rejalashtirilgan.