O‘zbekiston 24 dona zamonaviy lokomotivlarga ega bo‘ladi

© Sputnik / StringerO'ZEL-0204 elektrovozi
O'ZEL-0204 elektrovozi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xarid qilinadigan 24 lokomotivdan 16tasi yuk tashish, 8tasi yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallanmoqda. Natijada, ekspertlar prognoziga ko‘ra, 2020-yilga kelib, kompaniya yuk va yo‘lovchilar tashish hajmini 1,2 barobarga oshirishi kutilmoqda.

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekiston yaqin to‘rt yil ichida chet elda ishlab chiqarilgan 24 dona zamonaviy lokomotivlarni xarid qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga "O‘zbekiston temir yo‘llari"dagi manba.

Xitoy-O‘zbekiston temir yo‘l qurilishi 2016-yilda boshlanadi

Vakilning so‘zlariga qaraganda, bu tashabbusni davlat rahbari ham ma’qullagan. Hozirda “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga ushbu loyihani texnik iqtisodiy asoslash(TIA)ga topshiriq berilgan.

"Bugungi kunda tashkil etilayotgan yangi transport temir yo‘llari koridorlari tufayli yaqin kunlarda qo‘shimcha quvvat talab qilinishi mumkin. Yil yakuniga qadar TIA loyihasi ustida ishni yakunlab, tender jarayoniga o‘tishni mo‘ljallayapmiz”, deb xabar qildi manba.

Kompaniya rejasiga ko‘ra, xarid qilinadigan 24 lokomotivdan 16tasi yuk tashish, 8tasi esa yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallanadi. Natijada, ekspertlar prognoziga ko‘ra, 2020-yilga kelib, kompaniya yo‘lovchilar va yuklarni tashish hajmini 1,2 barobarga oshirishga erishishi mumkin.

Investitsion loyihalar doirasida muhim loyihalar – Samarqand-Buxoro, Qarshi-Termiz, Pop-Qo‘qond-Marg‘ilon-Andijon temir yo‘llari tarmoqlarini elektrlashtirish rejalashtirilgan. Barcha qurilish ishlari jadval asosida amalga oshirilib, kompaniyaning barcha kuchlari loyihalarni belgilangan muddatda yakunlashga qaratilgan.
Bugungi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatidagi mavjud lokomotivlarning 50%dan ortig‘i yangilangan. 2016-yilning oxiriga kelib zamonaviy lokomotivlar soni 70%dan oshishi rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0