Sevara Nazarxon qizli bo‘ldi

© Sevara NazarkhanXonanda Sevara Nazarxon
Xonanda Sevara Nazarxon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, xonanda qizaloqni AQShda dunyoga keltirgan. Baxtli ota-ona yangi mehmonga Imon Anvar deb ism qo‘ydilar.

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Xonanda Sevara Nazarxon 27-aprel kuni qizli bo‘ldi. Qizaloqqa Imon Anvar deya ism qo‘yildi. Bu haqda xonanda o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar qilgan.

"Uzoq kutilgan qizaloq keldi — Imon Anvar! 27.04.16", — deb yozgan xonanda o‘zining sahifasida. Imon – ishonch ramzi, Anvar esa yorug‘, charog‘on, iqboli porloq degan ma’noni anglatadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xonanda qizaloqni AQShda dunyoga keltirgan.

Xonanda 2077-yilda Bahrom Pirimqulovga turmushga chiqqan. Ularning Dengiz ismli o‘g‘il farzandlari ham bor.

Yangiliklar lentasi
0