"Vostochniy" kosmodromidan uchirilgan birinchi raketa sputniklarni orbitaga chiqardi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tish"Soyuz-2.1a" raketa-tashuvchi "Vostochniy" kosmodromida
Soyuz-2.1a raketa-tashuvchi Vostochniy kosmodromida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Soyuz-2.1a raketa tashuvchisi, Lomonosov, Aist-2D va SamSat-218 sputniklarini orbitaga muvaffaqiyatli chiqardi.

 

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. “Roskosmos” xabariga ko‘ra, Soyuz-2.1a raketa tashuvchisi bortida bo‘lgan barcha sputniklar orbitaga qicharildi. Kosmik apparatlar “Volga” olib chiqish blokidan muvaffaqiyatli ajratildi.

Yer orbitasiga Rossiyaning "Aist-2D", "Mixaylo Lomonosov" ilmiy tadqiqot sputnigi, va SamSat-218D nanosputniklar chiqarilgan.

"Aist-2D" og‘irligi 531 kilogram bo‘lgan ushbu sputnikka kamdan-kam uchraydigan obyektiv o‘rnatilgan. U yer sharini suratga olganda 1,5 metrgacha bo‘lgan masofani aniq ko‘rsatishi va surat kengligi 40 km gacha bo‘lga masofani qamrab olishi mumkin. Ushbu sputnik ilmiy tadqiqot va dolzarb masalalarni hal qilish uchun ishlatiladi.

"Mixaylo Lomonosov" ilmiy tekshirish apparati bo‘lsa, rektalarga xavf tug‘diradigan koinotdagi tursi nur tarqalish holatlarini o‘rganish imkonini beradi.

SamSat-218 nanosputnigi bo‘lsa, Samara davlat aerokosmik universiteti talabalari va o‘qituvchilari tomonidan maxsus uskuna yordamida yaratilgan. Tajriba mualliflari sputnikka maxsus mobil uskuna yordamida “telefon qilib” kerakli ma’lumotlarni oladi.

“Vostochniy” kosmodromi Amursk viloyatining Siolkovskiy (oldingi Uglegorsk) shahri yaqinida 2012-yildan qurilishni boshlagan. Bu birinchi milliy fuqaro kosmodromi bo‘lib, u Rossiyaning koinotga mustaqil chiqishini ta’minlashi kerak. “Vostochniy” kosmodromining yutug‘i shundaki, u yerdan uchirilgan raketalar Rossiyaning yoki boshqa davlatlarning aholi zich yashaydigan hududlari ustidan uchib o‘tmaydi, raketaning ajralib yerga qulaydigan qismlari odam kam yashaydigan hudularda va betaraf suv havzalarida joylashgan.

Keljakda Vostochniy yiliga 8-10 raketa uchirish darajasiga chiqishi kerak. Ekipajli raketalar uchirish 2023-yildan keyinga mo‘ljallangan.

 

Yangiliklar lentasi
0