TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiya Razvedka Bosh Boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Sergey Afanasyevning ta’kidlashicha, agar “Islom davlati” va “Al-Qoida” terrorchilari Shimoliy Afrikada hamkorlik borasida kelishuvga borsa, bu butun mintaqada notinchlik uyg‘otishi mumkin, RIA Novosti xabari asosida.
"Agar ular ma’lum bir masalalar yuzasidan kelishuvga bora olsa, “terroristlar birdamligi” yaratilishi xavfi tug‘iladi. Bu holda ekstremistlar uchun katta manbalarga yo‘l ochiladi va ular butun region, hatto, butun boshli mintaqada vaziyatni notinch holatga olib kelishga erishishlari mumkin”, deb ta’kidladi Afanasyev Moskvada bo‘lib o‘tgan xavfsizlik anjumanida.
Rossiya razvedka xizmati: “ID” va "Al-Qoida" butun Afrikada notinchlik uyg‘otishi mumkin
20:06 27.04.2016 (yangilandi: 20:07 27.04.2016)
© AP Photo / Militant website via AP, File"Islom davlati" jangarilari
© AP Photo / Militant website via AP, File
Obuna bo‘lish
"Islom davlati" terrorchilik uyushmasi va "Al-Qoida" "do‘stlashuvi" jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb ta’kidlamoqda Rossiya Razvedka Bosh Boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Afanasyev.