MDH davlatlari orasida harbiy hamkorlik - Rossiya uchun ustuvor yo‘nalish

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu
Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu vazirlikning xalqaro faoliyatida MDH doirasida hamkorlikni rivojlantirish - so‘zsiz ustuvor yo‘nalish deb hisoblashini ta’kidladi.

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Bo‘lib o‘tgan V Moskva xalqaro xavfsizlik anjumanida Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu vazirlikning xalqaro faoliyatida MDH doirasida hamkorlikni rivojlantirish so‘zsiz ustuvor yo‘nalish dedi.

“MDH davlatlari, KXShT mamalkatlari, ittifoqdosh Belorussiya bilan harbiy hamkorlikni rivojlantirish – Rossiya Mudofaa vazirligining xalqaro faoliyatida — so‘zsiz usturvor yo‘nalishidir”, — dedi Sergey Shoygu bugun bo‘lib o‘tgan V Moskva xalqaro xavfsizlik anjumanida.  

Shu bilan birga, Sergey Shoygu Tojikiston va Qirg‘izistondagi Rossiya harbiy bazalarini hududning xavfsizlik kafolati deb atadi.

“Rossiyaning Tojikiston va Qirg‘izistondagi harbiy bazalari — hududda xavfsizlik kafolati ekanligiga mening ishonchim komil. Biz, ittifoqdoshlarimiz bilan birgalikda, ularning jangovor tayorgarligini oshirmoqdamiz. Bu esa o‘z navbatida Dushanbe va Bishkekning xavfsizligini oshiradi”, — dedi ministr.

Uning so‘zlariga qaraganda Shanxay hamkorligi tashkiloti doirasida harbiy hamkorlikni kuchaytirish ham barcha taraflarning manfaati uchun xizmat qilgan bo‘lardi.

Yangiliklar lentasi
0