Hindistonda bir boshli siam egizaklari dunyoga keldi

© Sputnik / Yevgeniy Paxomov / Mediabankka o‘tishTez tibbiy yordam mashinasi, Hindiston
Tez tibbiy yordam mashinasi, Hindiston - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siam egizaklari bitta boshga ega bo‘lsa-da, ammo har bir chaqaloq o‘z yuragi, qo‘li va oyoqlariga ega.

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Hindistonning sharqiy qismida, G‘ujarot shtatida bir boshli siam egizaklari dunyoga keldi, deb xabar qilmoqda The Daily Mail nashri. RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Nashr bergan ma’lumotga ko‘ra, dunyoga kelgan chaqaloqlar atigi olti daqiqa hayot kechirgan.

Rajkat shifoxonasida faoliyat yurituvchi doktor Kirtan Viyasning so‘zlariga ko‘ra, u bu voqea mana shunday qayg‘uli yakun topishi haqida chaqaloqlarning ota-onasini ogohlantirgan. "Chunki, keyinchalik bolakaylar miyasini ajratish bo‘yicha jarrohlik operatsiyasini amalga osho‘irishning iloji yo‘q edi", deydi u.

​Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bu juda noyob hodisa, u milliondan bitta insonda uchrashi mumkin. Shifokor shuningdek, bu kabi anomaliyalar homiladorlikning birinchi uch oyligida aniqlanishi haqida aytib o‘tdi. Egizaklar onasi esa ultratovushli diagnostikani faqatgina homiladorlikning yettinchi oyida amalga oshirgan edi.

Nashr bergan xabarga ko‘ra, siam egizaklari ota-onasi o‘z bolasi tanasini tadqiqotlar o‘tkazishi uchun Hindiston davlat tibbiyot kollejiga taqdim etishga qaror qilishgan.

Siam egizaklari bir hujayrali egizaklar bo‘lib, homila vaqtida bir-biridan to‘liq ajralmay qoladi va umumiy tana yoki ichki a’zolarga ega bo‘ladi. Bu holat ikki yuz ming homilador ayoldan bittasida uchraydi. Siam egizaklarining teng yarmi o‘lik holatda tug‘iladi.

Yangiliklar lentasi
0