Rossiyada “Qrim tatarlari majlisi” faoliyati ta’qiqlandi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishQrim prokurori Natalya Poklonskaya
Qrim prokurori Natalya Poklonskaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Qrim tatarlari majlisi” ijtimoiy tashkiloti faoliyati Qrim Oliy sudi tomonidan ekstremistik deb e’lon qilindi va ta’qiqladi.

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Qrim Oliy sudi Qrim prokurori Natalya Poklonskaya nomidan yuborilgan talabnoma asosida “Qrim tatarlari majlisi” ijtimoiy tashkiloti faoliyati ekstremistik deb e’lon qilindi va ta’qiqladi.

Natalya Poklonskaya bayonotiga ko‘ra, “ushbu tashkilot Rossiyaga qarshi faoliyat yuritmoqda, uning rahbari Refat Chubarov va Mustafa Djemilevlar g‘arb siyosatchilar qo‘lida qo‘g‘irchoq, qrim-tatar xalqi bo‘lsa ularning o‘yinida bir vosita xolos”.  

Prokuratura keltirgan dalillarga ko‘ra, “Majlis” rahbarlari Turkiyaning “Kulrang bo‘rilar” va Xizb ut-Tahrir al-Islomi” kabi terrorchi tashkilotlari bilan hamkorlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya tomonidan qo‘llab-qo‘vavatlanib kelayotgan “Kulrang bo‘rilar” terrorchilik guruhi asosan Suriyaning shimoliy hududilarida qurdlarga qarshi faoliyat yuritib kelmoqda. O‘tgan yili Suriya hududida Turkiya tomonidan urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchuvchisini aynan ushbu tashkilot vakillari otib o‘ldirishgan edi.

Refat Chubarov aytishiga qaraganda, “Qrim tatarlari majlisi” tashkiloti o‘z faoliyatini davom ettiradi. Tashkilot markaziy ofisi Kiyevda joylashgan bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, “Qrim tatarlari majlisi” o‘zlarini krim-tatar xalqining rasmiy vakili deb hisoblaydi. “Majlis” rahbarlari Chubarov va Djemilevlar 2014-yilda Qrimning Rossiyaga qo‘shilishiga qarshi chiqib Ukrainaga ko‘chib ketishgan edi.

O‘shandan buyon ular Rossiyaga qarshi ekstremistik faoliyat yuritib kelmoqda. Xususan ular bir necha marta millatlararo nizo chiqarishga harakat qilishgan. Undan tashqari aynan ushbu ikki siyosatchi tashabbusi bilan Qrim yarim orolini elektr ta’minotidan uzib tashlash maqsadida elektr liniyalari portlatib yuborilgan va oziq-ovqat blokadasi uyushtirish uchun avtomobil yo‘llari to‘sib qo‘yilgan edi.

© Sputnik / Maks Vetrov / Mediabankka o‘tishSituatsiya na granitse Ukraini i Krima
Situatsiya na granitse Ukraini i Krima - Sputnik O‘zbekiston
Situatsiya na granitse Ukraini i Krima

Hozirgi kunda “Majlis”ni AQSh himoya qilmoqda. Davalat departamenti vakili Djon Kirbi Rossiyani ushbu qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, bu Rossiyaning ichki ishi,  deb javob qaytardi.

 

Yangiliklar lentasi
0