Rossiya va O‘zbekiston terrorchilikka qarshi koalitsiya tuzadi

© RIA NOVOSTI / BRICS/SCO Photohos / AFPO‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va Rossiya rahbari Vladimir Putin
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va Rossiya rahbari Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari bilan pozitsiyalarimiz mos tushishi bizga, BMT kabi maydonda hamkorlik qilish imkonini bermoqda, deb ta’kidladi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston xalqaro huquq tamoyili asosida hamda BMT rahbarligida terrorchilikka qarshi keng koalitsiya tuzilishi kerak, degan fikrda, deya bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
"Islom Abdug‘aniyevich bilan ushbu mavzu borasida fikr almashdik, xalqaro va regional masalalar borasida obdon suhbatlashdik. Ikkalamiz ham xalqaro huquq asosida hamda BMT rahbarligida amal qiladigan koalitsiya tuzilishi kerak, degan to‘xtamga keldik. Bu koalitsiya, Afg‘onistondan keladigan xavfni bartaraf etadi”, dedi Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng.

Yangiliklar lentasi
0