Rossiya va O‘zbekiston muzokaralari davomida imzolangan hujjatlar

© RIA NovostiPodpisanie dokumentov mejdu Uzbekistanom i Rossiyey
Podpisanie dokumentov mejdu Uzbekistanom i Rossiyey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Kremlda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Rossiya orasida turli sohalarda hamkorlikni rivojlanishga qaratilgan beshta muhim hujjat imzolandi.

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov boshchiligidagi rasmiy delegatsiyalar bugun Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Rossiya orasida turli sohalarda hamkorlikni rivojlanishga qaratilgan beshta muhim hujjat imzolashdi.

Ushbu hujjatlar ro‘yati bilan quyida tanishing:

O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari orasida “Uchinchi mamlakatlarga qurol-yarog‘ eksport qilganda o‘zaro hamkorlik haqida”ga shartnoma.

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi orasida 2016-2018 yillarda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik haqidagi shartnoma.

O‘zbekiston va Rossiya Tashqi Ishlar vazirliklari orasidagi 2016-2017 yillardagi hamkorlik dasturi haqidagi shartnoma.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari orasida hamkorlik haqidagi o‘zaro tushunish memorandumi.   

N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat Texnik universiteti va Toshkent temir yo‘llari injenerlari instituti orasidagi ilmiy va akademik hamkorlik haqidagi shartnoma. 

Yangiliklar lentasi
0