Gollandiya nashri Erdo‘g‘on siyosatiga karikatura bilan javob qaytardi

© AP Photo / Francois MoriTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Karikaturada Erdo‘g‘on “Maymunlar qoyasi”(Apen Rots)ustida turgan “Yevropa so‘z erkinligini poymol qilayotgan” maymun qiyofasida tasvirlangan.

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Gollandiyaning eng ommabop nashrlaridan biri De Telegraaf Turkiyada o‘z hamkasblari hibsga olinishiga karikatura bilan javob qaytarishga qaror qilishdi.
Karikaturada Erdo‘g‘on Apen Rots “maymunlar qoyasi” tog‘i ustida turgan “Yevropa so‘z erkinligini poymol qilayotgan” maymun qiyofasida tasvirlangan.

​Karikatura “Erdo‘g‘onning uzun qo‘li” deya nomlangan.
OAV vakillari hamda inson huquqlari bo‘yicha faollar Turkiyadagi so‘z erkinligi muammosiga ko‘plab marotaba e’tibor qaratishgan. Chunki, so‘nggi vaqtlarda, Turkiya prezidenti nafaqat o‘z yurtida, balki chet mamlakatlarda uni tanqid ostiga olayotganlarga qarshi kurashishga harakat qilib kelmoqda.
Jumladan, nemis jurnalisti va hajvchisi Yan Bemermanning ZDF telekanalida Erdo‘g‘on nomiga atab yozilgan hajviy she’ri keng jamoatchilikda qizg‘in muhokama uyg‘otgan edi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Nemis matbuoti: hajvga munosabati uchun Erdo‘g‘on kulgi ostida qoldi

Shundan so‘ng, Turkiya hukumati Germaniya hukumatiga norozilik notasini yo‘llab, ushbu voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilishini talab qildi. Sal o‘tmay Germaniya kansleri Angela Merkel Bemerman ishi sudga oshirilishi haqida aytgach, bu mamlakatda katta janjal avj olishiga va federal kanslerning obro‘yi tushib ketishiga sabab bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0