TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Rossiya prezidentining matbuot xizmati xabari asosida. Ayni damda Kremlda Vladimir Putinning O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat orasida ushbu kunning dolzarb masalalari muhokama qilinmoqda. Islom Karimovning Vladimir Putin bilan suhbati.
V.Putin: Hurmatli Islom Abdug‘aniyevich! Hurmatli do‘stlar! Sizlarni yana bir marta, endi rasmiy uchrashuvda, qutlashga ruxsat bering.
Kecha, norasmiy sharoitda, biz ikkalamiz, bamaylixotir o‘tirib, suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldik. Biz uch soat davomida ikki tomonlama munosobatlar, xalqaro vaziyat va hududdagi holat haqida haqida batafsil gaplashdik.
Bugun biz diqatni ikkala mamlakatning xalqaro tashkilotlardagi faoliyatiga qaratamiz. Men, oxirgi vaqtlarda siz faol ishlayotgan ShHTni nazarda tutayapman.
Suhbat boshida yana bir marta ikki mamlakat orasidagi munosobatlar haqida aytib o‘tmoqchiman. Bizning iqtisodiy aloqalar dollar hisobida biroz kamaygan bo‘lsada lekin, rubl va hajm hisobida u o‘sdi. O‘sish ushbu yilning birinchi choragida ham davom etmoqda.
O‘zbekistondan qishloq xo‘jalik mahsulotlari olib kelish ancha oshdi. Bunga har taraflama yordam berayotganingiz uchun sizga minnatdorchilik bildiramiz. O‘zbekistondan import umumiy hisobda 10%ga oshdi, ba’zi mahsulotlar bo‘yicha esa — 10 baravar. Uzum importi – 20 baravar, sitrus mevalar – 54 baravar. Bu mening fikrimcha Rossiya bozori uchun katta miqdor. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun katta Rossiya bozoriga chiqish ham — katta imtiyoz.
Lekin biz nafaqat qishloq xo‘jaligida, balkim sanoat sohasida ham, yuqori texnologiyali sohalarda ham hamkorlik qilmoqdamiz. Umuman olganda muhokamaga mavzu ko‘p.
Sizni yana bir marta chin yurakdan qutlamoqchiman, biz Sizni ko‘rishdan juda xursandmiz. Xush kelibsiz!
I.Karimov: Vladimir Vladimirovich, avvalombor, jurnalistlar oldida Moskvaga taklifingiz uchun Sizga yana bir bor minnatdorchilik bildirmoqchiman. Kecha, kechgi payt bo‘lishiga qaramasdan, biz ko‘p mavzularni muhokama qilishga ulgurdik, men buning uchun Sizga chin ko‘ngildan minnatdorchilik bildiraman.
Men kechagi suhbatdan to‘la mamnun bo‘ldim, fikrimcha ushbu suhbat bugun bo‘lmasa ertaga albatta o‘z natijasini beradi. Negaki, ushbu suhbat ochiqchasiga bo‘ldi. Biz diplomatik yo‘l bilan emas, ochiq oydin gaplashdik. Men bunday suhbatlarni yaxshi ko‘raman. O‘z fikrini aniq va lo‘nda qilib ifodalash imkoni bor joyda, hech qanday uzundan-uzoq diplomatik iboralar o‘ylab topishning keragi yo‘q.
Haqiqatdan ham, biz kecha uzoq vaqt uchrashmaganimiz sezildi, muhokama qiladigan mavzular ko‘payib ketgan edi. Siz ham hozir aynan shu fikrni aytganingiz uchun rahmat.
Gaplashishga mavzu borligi yaxshi. Hozir dunyoda ko‘p voqealar bo‘lmoqda. Ular nafaqat fikr bildirish balki davlatning u yoki bu muammoga munosobatini aniqlashni talab qiladi. Biz O‘zbekistonda, O‘rta Osiyoda dunyoda bo‘layotgan voqealarning O‘rta Osiyoga bevosita ta’siri borligini sezib turibmiz. Biz bu haqda televidenie, internet va yangiliklardan ham har kuni eshitib turibmiz.
Afg‘oniston haligacha qarama-qarshilik sodir bo‘layotgan hudud. Aniqrog‘i, u yerda sekin kechayotgan uchush bo‘lmoqda va haligacha uning keti ko‘rinmayapti.
Faqat ikki tomonlama munosobatlar haqida gapirsak, siz ulardan batafsil xabardorligingiz uchun minnatdormiz. Kerak bo‘lganda yoki talab bo‘lganda, O‘zbekiston (Rossiyada) yetishmayotgan mahsulotlarni o‘rnini to‘ldirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.
Siz aytib o‘tgan “marta”lar nafaqat bizning imkoniyatlarimizni ko‘rsatadi, ular yana ko‘p narsa haqida aytib berishi mumkin. Axir bu oson emas-ku, mahsulot hajmini birdaniga 10-marta, yoki 20-marta oshirish.
Biz, albatta, ikki taraflama munosobatlarimizni nafaqat yetishmovchilik bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari sohasida, balkim boshqa sohalarda ham davom ettirishimiz mumkin. Moskva va Piterda uzum o‘smaydi-ku! Boshqa mevalarni aytmasa ham bo‘ladi.
Oxirgi vaqtlarda, Moskva va Piterda eng yaxshi mevalar O‘zbekistondan ekanligini unutib qo‘yishgan edi shekilli. Ba’zi qo‘shni davlatlar vakillari erkin bozorda: “Keling, keling, eng yaxshi mevalar, O‘zbekistondan”, — deb sotishadi. Aslida mahsulotning O‘zbekistonga hech qanday aloqasi yo‘q, bo‘lsa ham. Bu ham o‘ziga xos bir reklama, albatta, va u ko‘p narsadan darak beradi.
Moskvaliklar buni juda yaxshi tushunishadi. O‘zbekiston ayni shu yetishmayotgan mahsulotlarini yetkizib berishga tayyor. Lekin, O‘zbekistonning faqat meva yetishtirib berishga qurbi yetadi deb o‘ylamaslik kerak.
Valyuta o‘lchovida mamlakatlarimiz orasidagi tovar ayrboshlash biroz kamaygani rost, lekin Rossiya bilan tovar almashish borasida biz kamayishni sezganimiz yo‘q.
Avtomobillar borasida, albatta kamayish bor, lekin bu umumjahon va umumRossiya tendensiyasi. Bu bizning munosobatlarimizga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
Bir narsani aniq aytmoqchiman, bizda kechagi suhbatimizni davom ettirish uchun mavzu bor. Ushbu mavzularni hayotning o‘zi bizning kun tartibimizga qo‘ymoqda.
Men aytmoqchi bo‘lgan birinchi narsa bu – O‘rta Osiyo hududidagi xavfsizlik masalasidir. Afg‘onistondagi urushning oxiri ham yechimi ham ko‘rinmayapti.
Do‘stlarimiz va jurnalistlar oldida shuni aytmoqchimanki, Afg‘on muammosini Rossiya ishtirokisiz yechishga ba’zi bir harakatlar bo‘lmoqda. Bu masalada to‘xtab o‘tishni istamagan bo‘lardim, lekin menning fikrimcha, bu mutlaq noto‘g‘ri.
Jug‘rofiya ham hech kimning esidan chiqib ketgani yo‘q, O‘rta Osiyo ko‘p asrlar davomida Rossiya bilan bog‘liq, bu ming yillik aloqalardir. Biz Rossiyaning O‘rta Osiyodagi manfaatlarini aniq his qilib turibmiz va bu borada Rossiya bilan hamfikrmiz. Biz nafaqat hamfikr, balki buni (Rossiyaning O‘rta Osiyoda bo‘lishini — red.) juda zarur deb hisoblaymiz. Agar buni kimdir tushunmayotgan bo‘lsa, vaqti kelib ushbu vaziyatni va dunyoda ro‘y berayotgan boshqa voqealarini ham tushunib oladi deb o‘ylayman.
Dunyo haqiqatlarini tan olish kerak, agar tan olinmasa ular baribir seni quvlab yetib oladi. Ushbu ko‘zgu orqali munosobatlarimizga nazar solsak, bugun biz Rossiya va O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ko‘p narsani muhokama qilishimiz kerak.
O‘zbekiston delegatsiyasiga ajratilgan e’tibor uchun, yana bir bor katta rahmat. Bugun suhbatimizni davom ettirishdan mamnunman.
V.Putin: Rahmat.