Bahrayn Eronga qarshi chora qo‘llashga tahdid qilmoqda

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishBahrayn TIV rahbari Xolid bin Ahmad Al Xalifa
Bahrayn TIV rahbari Xolid bin Ahmad Al Xalifa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bahrayn TIV rahbari Xolid bin Ahmad Xalif agar Eron arab davlatlarining ichki ishlariga aralashadigan bo‘lsa, unga qarshi javob choralari qo‘llanilishi mumkinligi haqida ma’lum qildi.

TOShKENT, 26 apr — Sputnik.  Bahrayn Tashqi ishlar vazirligi rahbari Xolid bin Ahmad Al Xalifa agar Eron arab davlatlarining ichki ishlariga aralashadigan bo‘lsa, unga qarshi javob choralari qo‘llanilishini aytdi, Sputnik Arabiston xabari asosida.

Iroqdagi shia musulmonlarining shayx Nimr al-Nimr qatliga qarshi namoyishi. - Sputnik O‘zbekiston
Eron va Saudiya Arabistoni “sovuq urushi”ning 7 sababi

"Eron qaysi shaklda bo‘lmasin arab davlatlarining ichki ishlariga aralashishdan o‘zini tiyishi lozim. U o‘zga davlatlarni hurmat qilgan holda siyosat yuritmog‘i kerak”, — deya bayonot qildi Misr Tashqi ishlar vaziri Samih Shukriy bahraynlik hamkasbi bilan hamkorlikda o‘tkazgan matbuot-anjumanida.
"Agar Eron oldinga yana bir qadam qo‘yadigan bo‘lsa, biz bunga javoban chora qo‘llaymiz”, — dedi Al Xalifa.
Bahrayn joriy yilning yanvar oyida boshqa arab davlatlari qatorida Eron bilan diplomatik aloqalarni batamom uzgan edi. 2-yanvar kuni Saudiya IIV 47 kishi, shu jumladan, taniqli shiya targ‘ibotchisi Nimr-an-Nimrning qatli haqida e’lon qilgan edi. Shiya targ‘ibotchisining qatli shiya siyosatchilari va din arboblari noroziligiga sabab bo‘lib, ommaviy norozilik namoyishlariga aylanib ketdi. Tehron va Mashhadda joylashgan Saudiya Arabistoni vakolatxonalariga hujumlar uyushtirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0