TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston prezidentlarining norasmiy uchrashuvi ikki mamlakat o‘rtasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat tug‘dirdi, deb xabar qildi seshanba kuni jurnalistlarga Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov, RIA Novosti.
Bundan bir kun oldin O‘zbekiston prezidenti Islom Abdug‘aniyeviya Karimov Moskvaga rasmiy tashrif uyushtirgan edi. Tashrifining birinchi kunida Islom Karimov Vladimir Putin bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
"Xabaringiz bor, ular kuni kecha norasmiy uchrashuv o‘tkazishgan edi. Birga tushlik qilishdi va bu Rossiya hamda O‘zbekistondagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishga qulay imkoniyat tug‘dirdi”, — dedi Peskov.
"Shundan so‘ng, tor doirada, rasmiy nonushta formatida Rossiya-O‘zbekiston muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Bunda ikki davlat delegatsiyalari uchrashadilar. So‘ngra hujjatlar imzolanadi va bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakuni bo‘yicha ikki prezident chiqish qilishi rejalashtirilgan”, — qo‘shimcha qildi Peskov.