30 yil oldin Ukraina SSR hududida joylashgan Chernobil AESining 4 blokida dunyo atom energetikasi tarixida eng yirik avariya sodir bo‘lgan edi.
Elektr stansiyasida sodir bo‘lgan yong‘inni 10 kundan keyin o‘chirishning iloji bo‘ldi. Halokatning birinchi zarbasi Atom elektr stansiyasi xodimlari va birinchi yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilarga tekkan. Halokatni yengish uchun butun Sovet Ittifoqidan 600 ming qutqaruvchilar kelishgan. Avariya sodir bo‘lgan vaqtda 31 kishi qurbon bo‘lgan. Odamlarning nurlanish kasalligi oqibatida qurbon bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar turli xil bir necha o‘n kishidan bir necha o‘n ming kishigacha. Chernobil AESdan 30 km masofada bo‘lgan barcha 188 aholi punktidan 115 ming odam evakuatsiya qilingan.
Halokatdan oldin Chernobil AESi sobiq Ittifoqda eng yirik AES bo‘lgan. 1986-yil oxirida AESning buzilgan to‘rtinchi bloki ustida balandligi 50 metrdan baland ulkan beton tobut yasalgan. Bugungi kunga kelib ushbu blok ustida “Yangi xavfsiz konfaynment” nomli yangim qurilish arkasi qurilmoqda. Uni yakunlash 2017-yilga mo‘ljallangan.
Ushbu halokat nafaqat yuz minglar kishilarning hayotini o‘zgartirib yubordi, balki u ushbu joyni kelajak ming yillar davomida yashash uchun yaroqsiz joyga aylantirdi.