TOShKENT, 26-aprelya, Sputnik matbuot xizmati. Sputnik.Mneniya so‘roviga binoan, Fransuzlarning ko‘pchilligi (64%) Afrika va Yaqin Sharqdan kelgan migrantlar jinoyatchilik manbaasi deb hisoblaydi. Ushbu ma’lumotlar fransiyaning Ifop kompaniyasi tomonidan Sputnik axborot agentligi uchun o‘tkazilgan.
Umuman Fransiya aholisi jinoyatchilik haqida yaxshi ma’lumotga ega ekanligini bildirdi. So‘ralganlardan faqat 8% — bilmadim, deb javob berdi. Migrantlar jinoyatchilikka ta’sir ko‘rsatmaydi deb hisoblaydigan fransuzlarning soni 28 %ni tashkil qildi.
So‘rov 2016-yilning 3-5 fevral kuni Fransiyada IFop kompaniyasi tomonidan o‘tkazildi. So‘ralganlar soni 1499 kishini tashkil qildi. So‘ralganlarning jinsi, yoshi va turar joyi ham aniqlangan.
Sputnik.Mneniya loyihasi haqida
Sputnik.Mneniya - jamoat fikrini o‘rganishga qaratilgan xalqaro loyiha bo‘lib, u o‘z faoliyatini 2015-yilning yanvarida boshlagan. Loyiha hamkorlari taniqli Populus, Ifop va Forsa ishlanishlar kompaniyalaridir. Sputnik.Mneniya doimiy ravishda Yevropa va AQShda eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy masalalar bo‘yicha jamoat fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanandi.
Sputnik (sputniknews.com) – o‘nlab mamlakatlarda multimedia axborot xablari bo‘lgan radio va axborot agentligidir. Sputnik 30dan ortiq tillarda axborotlar tarqatadi, radio eshittirishlar olib boradi va ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritadi. Yangiliklar kecha-kunduz inglis, arab, ispan va xitoy tillarida chiqib turadi.
Sputnik.Mneniya ning boshqa izlanishlari bilan quyida tanishing.