Bugun O‘zbekistonda Toshkent zilzilasini xotirlashadi

© Sputnik / A. Varfolomeyev / Mediabankka o‘tishToshkent zilzilasi xotirasiga qurilgan "Xalqlar do‘stligi" majmuasi
Toshkent zilzilasi xotirasiga qurilgan Xalqlar do‘stligi majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yer qimirlashining 50-yilligigi kunida “Xalqlar do‘stligi tabiiy ofatni yengdi” nomli davra suhbati o‘tkaziladi. Tadbir Rossotrudnichestvo tomonidan tashkil qilingan.

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda 1966-yilgi Toshkent zilzilasi qurbonlarini xotirlashadi. Toshkent markazida “Jasorat” haykaliga gullar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tadi. Toshkent zilzilasining 50-yilligi munosobati bilan “Xalqlar do‘stligi tabiiy ofatni yengdi” xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tadi. Tadbir Rossotrudnichestvo tomonidan tashkil qilingan.

50 yil oldin, 1966-yilning 26-aprelida Toshkent zilzilasi yuz bergandi. Uning markazida yer qimirlashi kuchi 8 ballni tashkil qilgan edi. Kuchli yer qimirlash  maydoni 10 kv.km ni tashkil qilgan edi.

Ushbu tabiiy ofat sovet xalqining hamdardlik va do‘stlir ramziga aylandi. Yer qimirlashidan keyin sovet ittifoqining barcha respublikalaridan qurilsh texnikasi, dori-darmon, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan poyezdlar kela boshladi.

15 ming oila ularning roziligi bilan O‘zbekistonning boshqa viloyatlariga ko‘chirildi, Toshkentlik bolalar sobiq SSSRning 94 viloyatlaridagi pioner lagerlariga joylashtirildi.

Uch yarim yil davomida sobiq SSSRning barcha hududlaridan kelgan quruvchilar 1 mln kv. metrdan ortiq turar joy qurishdi. Toshkentda Chilonzor, Qoraqamish, Yunusobod va Sergeli kabi yangi tumanlar paydo bo‘ldi.

Qiziqarlisi shundaki, yordamga kelgan quruvchilarga shahar shu qadar yoqib qoldiki, ularning ko‘pchilligi, ishlari tugagach, Toshkentda butunlay qolishni istadi.

Toshkent zilzilasidan keyin sobiq SSSRda yer qimirlashi sabalarini va uni oldindan aytib berish imkoniyatlari jiddiy o‘rganishga kirishildi.

Yangiliklar lentasi
0