TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning dastlabki norasmiy uchrashuvi dushanba kuni kechqurun bo‘lib o‘tadi, dedi jurnalistlarga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Bugun O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov tashrifining norasmiy qismi o‘tkaziladi. U Rossiya Federatsiyasiga bugun yetib keladi va Vladimir Putin va Islom Karimov birgalikda tushlik qilishadi”, — dedi Peskov.
Rossiya pprezidentining matbuot kotibi so‘zlariga qaraganda, seshanba 26-aprel kuni tashrifning muzokaralar va hujjatlar imzolash kabi rasmiy qismi o‘tkaziladi.
Mamlakatlar rahbarlari xalqaro va hududiy masalalar bo‘yicha fikr almashadilar, MDH, ShHT va BMT kabi ko‘p a’zoli xalqaro tashkilotlar tarkibida o‘z faoliyatlarini muhokama qilishadi.