TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 25-aprel – Kamolot YoIH tashkil qilingan kunidir.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati 2001-yilda bir guruh tashabbuskorlar tomonidan 1996-yilda prezident buyorug‘i bilan tashkil qilingan “Kamolot” yoshlar fondi o‘rnida tashkil qilingan edi. Bugungi kunda esa “Kamolot” tarkibida 5,5 mln yoshlarni birlashtirgan O‘zbekistonning eng yirik yoshlar tashkilotidir. Ular orasida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan a’zolar bor. Undan tashqari tashkilot tarkibiga 10-14 yoshli bolalardan tashkil topgan “Kamalak” bolalar tashkiloti ham kiradi.
Aholining 60% yoshlardan tashkil topgan O‘zbekistonda “Kamolot”ning asosiy vazifasi bu mamlakat yoshlarini birlashtirish va ularning turli tashabbuslarini amalga oshirishda yordam berishdir. Ushbu tashabbuslar orsida ilmiy ishlar, tadbirkorlik loyihalari, ijodiy loyihalar va boshqa turli tashabbuslar ham bor. “Kamolot” iqtidorli yoshlarga stipendiyalar ajratish, yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash, yoshlar ni ishbilan va ular boshlagan turli tashabbuslar amalga oshishi uchun kerak bo‘lgan turli yordam berish bilan shug‘ullanadi.
“Kamolot”ning asosiy tamoyili – yoshlar bilan suhbat olib borish, lekin hech qachon ular ustidan qattiq nazorat o‘rnatish emas. Tashkilot xuddi shu yo‘l bilan yoshlar orasida katta tashviqotchilik ishlari olib boradi, ularda vatanga muhabbat tuyg‘usi uyg‘otadi. O‘zbekistonning “Kamolot” tashkilotini ba’zan sobiq Itifoqning pioner va komsomol tashkilotiga o‘xshatishadi, lekin u bunday emas. “Kamolot”ning asosiy farq — odamlar bu yerga o‘z xoxishi bilan kelishadi va bu tashkilotdan hech kim quvilmaydi, aksincha yoshlar bu yerda ko‘proq qolishi uchun ularni turli qiziq ishlarga jalb qilishga harakat qilishadi. Bu yerda yoshlar o‘z imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin.
“Kamolot”ning Internetga o‘z munosobati bor. Tashkilotning asosiy vazifasi yoshlarni internetdan tarqalayotgan turli xavflardan avaylab asrash, asosan diniy fanatizmdan ehtiyot qilish. Oxirgi yillar davomida tashkilot o‘tkazgan barcha tadbirlar #O‘zbekiston xeshtegi ostida o‘tkazilmoqda.
Yoshlar harakati Internetda O‘zbekistonda yoshlar uchun qiziq bo‘lgan ma’lumot manbaalarini (kontent) yaratish va mahalliy ijtimoiy tarmoqlar yaratish bilan shug‘ullanmoqda. “Kamolot” yoshlar Internetdan o‘qib-o‘rganish, til o‘rganish maqsadlarida foydalanish tarafdori.
“Kamolot” Markaziy Kengash, 14 hududiy, 193 shahar va tuman kengashlaridan tashkil topgan. Yirik korxonalardan tashkilotning 15 mingdan ortiq kichik guruhlari faoliyat yuritmoqda.