Bundan roppa rosa yarim asr oldin 1966-yilning 26-aprelida Toshkentda yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Rixter shkalasi bo‘yicha 5,2 ballni tashkil qilgan yer qimirlashi markazi yer sathiga birmuncha yaqin (3-8 km) joylashganligi tufayli yer ustida 8-9 balli yer qimirlashiga olib keldi. Uning oqibatida Toshkent markazidaga 10 kv kilometr hududga jiddiy zrar yetdi. Shahar chekkalarida esa yer qimirlashi kuchi 6 ballni tashkil qildi. Yer qimirlashi 10-12 sekund davom etdi.
Yer qimirlashidan 3,5 yil o‘tib shahar nafaqat qayta tiklandi, balki u eski loysuvoqdan qurilgan uylar, tor ko‘chalar o‘rnini keng prospektlar va zamonaviy ko‘p qavatli uylar egalladi. Shahar atrofidagi qishloqlar o‘rnida bir necha butunlay yangi tumanlar va mavzelar paydo bo‘ldi. Ular Yunus-Obod, Qorqamish, Chilonzor, Algoritm va Sergeli tumanlardir. Toshkent aholisi va maydoni 1,5 baravar o‘sdi. Lekin asosiysi — Toshkent yer qimirlashi misolida, sobiq Ittifoq aholisi, millat va respublikadan qat’iy nazar, naqadar ahil va yagona oila ekanligini ko‘rsatdi.