Sochida ikkinchi Umumjahon Yosh vatandoshlar o‘yinlari boshlandi

© Sputnik / StringerSochida II Yosh Vatandoshlar musobaqalari
Sochida II Yosh Vatandoshlar musobaqalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yil Yosh Vatandoshlar o‘yinlarida 46 mamalkatdan 600 sportchi qatnashmoqda. Mamlakat terma jamoalari stritbol, mini-futbol, voleybol, shaxmat, stol tennisi va suzish musobaqalarida qatnashmoqda.

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Yosh Vatandoshlar o‘yinlarida eng kuchli jamoalar qatoridan o‘rin olishga harakat qiladi, deb yozmoqda Sputnik muxbiri Sochidan.

O‘tgan yili O‘zbekiston eng kuchli jamoalar qatoriga qo‘shilishiga bir qadam qolgandi. Jamoa bir necha muhim sovrinlar olishga muvaffaq bo‘lgandi. Respublika strit-bol jamoasi ikkinchi o‘rinni egallagandi va jamoa rahbari Artem Shulgin turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb tan olingandi. Undan tashqari o‘g‘il bolalar orasida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan turnirda SAidakbar Saidaliv bronza olgandi.

“Bu yil musobaqalarga O‘zbekistondan uch jamoa kelgan — stritbil bo‘yicha ayollar va erkaklar jamoalari, stol tennischilari. Umuman 12 nafa yoshlar musobaqaga kelgan. Bizning asosiy umid – stritbol. Bu o‘yinda birinchi o‘rinni olishga harakat qilib ko‘ramiz.  Biz uzoq tayorgarlik ko‘rdik, eng yazshi o‘ynchilarni tanlab oldik. Bu yil jamoalar tayorgarligi ancha oshgan, g‘alaba erishish uchun bor kuch bilan harakat qilishga to‘g‘ri keladi”, — dedi O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Botir Mirodilov.

© Sputnik / StringerII Vsemirnie igri yunix sootechestvennikov. Komanda Uzbekistana
II Vsemirnie igri yunix sootechestvennikov. Komanda Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
II Vsemirnie igri yunix sootechestvennikov. Komanda Uzbekistana

Musobaqa tashkiliy qo‘mitasi raisi Otari Arshbaning so‘zlariga qaraganda, ushbu o‘yinlar dunyoning o‘nlab mamalkatlaridan sportchilar kelgan. Ularni birlashtiruvchi vosita bu – Rus dunyosi va rus tilidir. Uylariga qaytgach ular o‘zlarini oldingi avlodlardan qolgan yagona til, madaniyat va urf-odatlar  bilan birlashtirilgan ulkan hududning bir qismi deb hisoblaydigan bo‘lishadi, — deydi rais.

Bu yil katta e’tibor ilm-ta’lim masalasiga qaratiladi. Rus tili, rus madaniyati va adabiyoti bilan yaqindan tanishish uchun har bir jamoaga maxsus o‘qituvchi biriktirilgan bo‘ladi. Ular “Dunyodagi rus tili elchilari” dasturining vakillaridir.

Ushbu musobaqalarning yana bir muhim mohiyati shundaki, ular biri biri bilan siyosiyo muxolifatda bo‘lgan mamalkatlar yoshlari yonma-yon turib madaniy va do‘stona munosobatlar qurishga yordam beradi.

Yangiliklar lentasi
0