O‘zbekiston va Fors ko‘fazi portlari orasida tranzit koridori ishga tushdi

© Sputnik / Oksana Djadan / Mediabankka o‘tishDengiz porti
Dengiz porti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu hujjatning asosiy mohiyati O‘rta Osiyo, Fors ko‘rfazi va Ummon dengizi portlari orasida tovarlarni to‘xtovsiz o‘tkazsh uchun transport koridori yaratishga qaratilgan.

TOShKENT, 25 apr – Sputnik. Ushbu yilning 23-apreldan boshlab Eron, Ummon, Turkmaniston va O‘zbekiston orasidagi Xalqaro transport-tranzit koridori haqidagi shartnoma kuchga kirdi, TIV matbuot xizmati xabari asosida. 

Ushbu shartnomaning ikinchi noma — Ashxobod bitimi bo‘lib u 2011 yilning 25-aprelida imzolangan edi. Ushbu hujjatning asosiy vazifasi — O‘rta Osiyo, Fors ko‘rfazi va Ummon dengizi portlari orasida tovarlarni to‘xtovsiz o‘tkazsh uchun transport koridori yaratishdir.

Shartnoma hujjatlar rasmiylashtirishni va boshqa rasmiy jarayonlarni osonlashtirish hamda yagona standartga keltirish yo‘li bilan mamalkatlar orasida yuk o‘tkazish tezligini oshiradi va transport xarajatlarini maqbullashtiradi.

Shartnomaning to‘liq matni lex.uz saytida keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0