TOShKENT, 22 apr – Sputnik. Quyosh batareyalari yordamida harakatlanuvchi Solar Impulse 2 samolyoti Gavay oroliga majburiy qo‘nganidan keyin to‘qqiz oy o‘tib, o‘z parvozini davom ettirdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Faqat quyosh energiyasi yordamida harakatlanuvchi samolyot Solar Impulse 2 dunyo bo‘ylab sayohatga 2015-yilning 9-martida Abu-Dabidan yo‘lga chiqqan edi. U shu vaqtga qadar Ummon, Hindiston, Myanma, Xitoy va Yaponiyada bo‘ldi.
2015 yilning 3 iyul kuni samolyot 120 soatdan ziyod vaqt mobaynida to‘xtovsiz parvoz qilib dunyo rekordini o‘rnatgan va Gavay oroliga yetib kelgan edi. Shundan keyin samolyotning quyosh batareyalari qizib ketib ishdan chiqqan edi.
Batareyalarni ta’mirlash vaqtida samolyot uchuvchilari Andre Borshberg va Bertran Pikar Yevropaga qaytib kelib, loyihani qo‘shimcha moliyalashtirish uchun manba qidirishdi.
Endigi reja quyosh nuri bilan harakatlanadigan havo kemasi Atlantika okeanini kesib o‘taib Janubiy Yevropa yoki Shimoliy Afrikada orqali, Abu-Dabiga qaytishi kerak.
Solar Impulse 2 2014 yil iyunida sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Uning jami og‘irligi 2,3 tonnani tashkil etadi, qanotlarining uzunligi — 72 m bo‘lib to‘rt elektrodvigatel bilan jihozlangan. Elektrodvigatellarni energiya bilan ta’minlash uchun samolyot qanotlari va fujelyaji ustiga 17 mingdan ko‘p quyosh batareyasi o‘rnatilgan. Samolyotning eng yuqori tezligi 140 km/soatni tashkil qiladi. Samolyotning birinchi uzoq muddatli parvozi 2010-yilda bo‘lib o‘tgan edi.