O‘zbekiston va Kanada o‘rtasida Afg‘oniston borasida siyosiy maslahatlashuv o‘tkazildi

© GEOFF ROBINS / AFPOttavadagi parlament tepaligi, Kanada
Ottavadagi parlament tepaligi, Kanada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar shuningdek, ikki tomonlama aloqalarni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy, investitsion, sayyohlik hamda boshqa sohalarda hamkorlik istiqbollariga alohida e’tibor qaratdilar.

TOShKENT, 22 apr – Sputnik. 21-aprel kuni Ottava shahrida O‘zbekiston va Kanada TIV o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi 5-raundi o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

“Suhbat davomida turli sohalardagi hamkorlikni bosqichma bosqich rivojlanishidan O‘zbekiston va Kanada birdek manfaatdor ekanligi qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan ikki tomonlama aloqalarni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy, investitsion, sayyohlik va boshqa sohalarda mavjud bo‘lgan hamkorlikning ulkan salohiyatini amalda qo‘llash istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi”, — deyiladi xabar matnida.

Kanada Tashqi ishlar va xalqaro savdo vazirligi delegatsiyasiga Yevropa va Yevroosiyo ishlari bo‘yicha buro Bosh direktori Metyu Levin rahbarlik qildi.
Uchrashuvda 2015-yil boshida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan siyosiy maslahatlashuvlarning beshinchi raundi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek xalqaro va mintaqaviy dolzarb muammolar, jumladan Afg‘onistondagi holat muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0