TOShKENT, 22 apr – Sputnik. O‘zbekistonning erkin kurash bo‘yicha eng sovrindor sportchilaridan biri bo‘lgan Artur Taymazov Rossiyaning “Yedinaya Rossiya” partiyasi nomidan deputatlar dastlabki tanloviga qatnashish uchun hujjatlarini Davlat Dumasiga topshirdi.
O‘tgan yilning oktabr oyida Rossiya va O‘zbekistonlik sportchi Rio-de-Janeyrodagi olimpiada o‘yinlarida qatnashishdan voz kechdi va o‘zining sportchilik faoliyatini yakundagani haqida e’lon qildi. Undan tashqari sportchi Lesgaft nomli universitetning aspiranturasiga hujjat topshirdi. Uning niyati yuqori malakali kurashchilarni yakka tartibda tayorlash haqida kitob yozish ekanligi ham ma’lum bo‘ldi.
“Bugungi kunda men chetda qarab tura olmayman. Men mamlakatning va ona respublikamning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol qatnashmoqchiman. Dastlabki ovoz berishda qatnashish — bu mening ma’suliyat bilan qabul qilgan qarorimdir. Men o‘z xalqimga foyda keltirish niyatim bor”, — deb yozdi deputatlikka nomzod sportchi.
Dastlabki ovoz berish kuni 22-may, 15-mayda oxirgi munozarala bo‘lib o‘tadi.
Krashchi Artur Taymazov 2004-yildagi Afinadagi Olimpiada o‘yinlarida, Pekindagai olimpiada (2008 yil) va Londondagi Olimpiada o‘yinlarida (2012 yil) oltin medal sovrindori. Sidneydagi olimpiadada kumush medal sovrindori.