AQSh desantchilari uch zirhlangan mashinani samolyotdan tashlab yuborishdi

© Aleksandr Kopisov"Xammer" avtomobili
Xammer avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniyaning Xoenfels shahri yaqinida o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida AQShning 173 havo-desant bo‘linmasi uch zirhlangan mashinasidan samolyotdan yerga qulab tushishi videolavhasi.

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. AQShning 173 havo-desant bo‘linmasi, samolyotdan parashut bilan tashlash vaqti uch zirhlangan  Xammerdan (Humvee) ayrildi, RIA Novosti Tactical Air Network xabariga asosan.

Zirhlangan avtomobillar Germaniyaning Xoenfels shahri yaqinidagi AQSh harbiy bazasida samolyotdan desant qilinayotgan vaqtda parashutining ipi uzilib ketgan va mashinalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib yerga urilgan. Ushbu poligonda AQSh ittifoqchi davlatlar harbiylari havo desanti va tank manyovrlari mashg‘ulotlari o‘tkazib turishadi, deydi Foxtrot Alpha blogi.

AQShning 173 chi havo-desant bo‘linmasi Yevropada eng jangga qobiliyatli bo‘linma hisoblanadi va doimiy ravishda Sharqiy Yevropa hududidagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashib keladi.

Ushbu bo‘linma instruktorlari Litva, Latviya va Ukraina askarlarini tayorlash bilan shug‘ullanib keladi.

AQSh instruktorlari ushbu mamalkatlarda bo‘lgan vaqtlarida o‘zlarining  g‘ayrioddiy xulq-atvori bilan jamoat nazariga tushishgan edi. Ular jamoat joylarda betartiblik uyushtirish, aroq ichib tartib qoidani buzish kabi ishlarni amalga oshirgan. Latviyada AQSh dengizchilari o‘zlarini shu kabi “yaxshi tomondan” ko‘rsatishganidan keyin Ventspils shahri meri Ayvars Lembergs ular o‘zlarini “to‘ng‘izdek” tutdi, — degan edi.

Yangiliklar lentasi
0