Ushbu voqea jamiyatda ko‘ngilchan odamlar haliyam ko‘pligini ko‘rsatdi

© vk.com11 yoshli maktab o‘quvchisi Stepan Savelyev
11 yoshli maktab o‘quvchisi Stepan Savelyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sinfdoshlari ustilan kulgan 11 yoshli Stopa Savelyevni ijtimoiy tarmoqlar orqali minglab odamlar qo‘llab quvvatlashdi va unga o‘ziga ishonch orttirishiga yordam berishdi.

TOShKENT, 21 apr – Sputnik.  RIA Novosti xabariga ko‘ra, NASA astronavti Den Berbank Rossiyalik maktab o‘quvchisi 11 yoshli Stopa Savelyevga internet orqali salom yo‘lladi va uning “VKontakte”dagi sahifasiga “layk” qo‘ydi.  

Keling, voqeani boshidan aytib beraylik, 18-aprel kuni Stopaning onasi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bunday deb yozgan edi:

“Do‘stlar, men kamdan kam biror narsa so‘rayman, lekin hozir yordamingiz kerak. Mening katta o‘g‘lim Stopa Savelyev 11 yoshda. O‘zi biroz soddaroq, lekin juda ko‘ngilchan yaxshi bola.

Bugun maktabda sinfdoshlari “VKontakte”dagi sahifasi uchun uning ustidan kulishibdi. Stopa  o‘zining sahifasiga, dinozavrlar suratlari va kompyuter o‘yinlari suratlarini qo‘ygan ekan. Bolalar unga “Senga hech kim hatto layk ham qo‘ymagan, sen luzer”, — deb uni mazax qilishibdi. Stopa bundan juda xafa bo‘ldi, yig‘lab yuboradigan darajada.

Iltimos, kimda “VKontakte”da sahifasi bo‘lsa, kirib Stopaning sahifasiga layk qo‘yinglar. Sizlardan juda minnatdor bo‘lardim. Raxmat”.

Ushbu murojaatnoma turli guruhlar orasida juda ommaviylashib ketdi. Minglab odamlar Stopaning sahifasiga kirib unga yaxshi so‘zlar bilan dalda berishdi, uning dinozavrlar bilan qiziqishini qo‘llab quvvatladi.  

Ayni paytda Stopa Savelyevning do‘stlari soni 13000 kishidan oshdi, uning xabarlariga qo‘yilgan layklar soni esa 26 mingda oshdi. Rossiyaniing Moskva 24, REN TV, Podmoskovye 360, Lifenews telekanallari Stopa haqida reportajlar suratga olishdi. Mail.ru va Google kompaniyalari Stopani o‘z ofislariga taklif qilib sovg‘alar berishdi.

Umuman aytganda, ushbu voqeadan keyin Stopaning hayoti butunlay o‘zgardi. Uning onasi Svetlana Stroganova bo‘lsa o‘zining oddiygina iltimosiga shuncha ko‘p odam javob berishini hecham kutmagan ekan va bunga haligacha ishongisi kelmaydi.

Jamiyat fikrini o‘rganuvchilar esa, ushbu voqeadan xulosa qilib, yana bir bor — insoniyat qalbining chuqur-chuqur burchaklarida hamjihatlik va ko‘ngilchanlik his-tuyg‘ulari haliyam hayot ekanligini aytishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0